
"Arsenal" xo‘jayini Emerining iste’foga chiqarilganini izohladi
"Arsenal" klubi xo‘jayini Sten Kronke ispaniyalik mutaxassis Unai Emerining iste’foga chiqarilganini izohladi.
“Biz Unai va uning murabbiylar shtabiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Ular klubni barchamiz xohlagan darajaga ko‘tarish yo‘lida kuchlarini ayashmadi. Biz Unai va uning assistentlariga kelajakda faqatgina omad tilab qolamiz”, - deydi Kronke.
Eslatib o‘tamiz, Unai Emeri 2018 yilning 23 mayidan buyon “Arsenal” bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Fikrlar