
"Arsenal" urugvaylik futbolchisini "Milan"ga sotishni istamadi
"Milan" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyrani sotib olishga urunib ko‘rdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” 23 yoshli urugvaylik futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborishgan. Biroq, “kanonirlar” unga rad javobini berishgan.
Ma’lumot uchun, Torreyra yakunlangan mavsum “Arsenal” safida jami 50ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 5ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar