
"Arsenal" to‘purar hujumchi transferini hal qildi
Lissabonning "Sporting" klubi shvetsiyalik hujumchisi Viktor Gyokeresh Londonning "Arsenal" klubiga o‘tdi, deya xabar bermoqda taniqli insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida. Manbaga ko‘ra, kelishuv summasi 63,5 million evro va bonuslar ko‘rinishida 10 million evroni tashkil etadi.
O‘tgan mavsumda "Sporting" hujumchisi barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 54 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Nufuzli "Transfermarkt" internet portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 75 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar