"Arsenal" sobiq futbolchisi: U "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi deb o‘ylayman

  • 12 avgust, 16:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Muhammad Elneni Salohning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi. 

Tecno

"Saloh ajoyib mavsum o‘tkazdi. U o‘tgan mavsumda jamoasiga qo‘shgan hissasidan tashqari tartib-intizom va professionallik borasida misrlik hamda arab futbolchilariga o‘rnak bo‘lmoqda. Evropaning eng kuchli ligalaridan biri sanalgan Angliya Premer-ligasida "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritish oson ish emas. U "Oltin to‘p" uchun kurashda g‘alaba qozonadi, degan umiddaman",-  dedi misrlik yarim himoyachi.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum "Liverpul" safida 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol kiritgan va 23 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bundan tashqari, u APLda "Oltin butsa" sohibiga aylandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!