"Arsenal" "Real Madrid" futbolchisini nishonga oldi!

  • 11 aprel, 15:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" yozda "Real Madrid" futbolchisi hisoblangan Arda Gyulerni qo‘lga kiritmoqchi. 
 
"Fichajes" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 20 yoshli "qirollik klubi" o‘yinchisi uchun 30 million evroga yaqin taklif tayyorlamoqda. Shu bilan birga, Arteta Gyulerni jamoaning ijodiy o‘yin uslubiga mos deb biladi va uni o‘z loyihasiga qo‘shishni istaydi. 
 
Xabaringiz bor, turkiyalik hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda cheklangan o‘yin vaqtiga ega bo‘ldi – bunga avvalgi jarohatlari va yarim himoyadagi raqobat sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, "Real" uning salohiyatini yuqori baholaydi va uni tezda sotishga shoshilmayapti. 
 
Manbga ko‘ra, Mikel esa uni Martin Edegor kabi muhim o‘yinchiga aylantirish mumkin, deb hisoblamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!