"Arsenal" qishda Avstriyadan zo‘r hujumchi olib kelmoqchi

  • 8 noyabr, 2020, 13:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Zaltsburg" yarim himoyachisi Dominik Soboslai faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "kanonirlar" 20 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida sotib olmoqchi. London klubi Dominikka 2025 yilgacha shartnoma taklif qilmoqchi.

Ammo Soboslai uchun kurashda “Arsenal”dan tashqari “Milan” ham ishtirok etmoqda. Uning transfer narxi esa 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!