
“Arsenal” Obameyangga gapi o‘tadigan yagona odamni topdi
To‘purar hujumchi Per-Emerik Obameyangni jamoada qolishga ko‘ndira olmayotgan “Arsenal” uning otasiga murojaat qildi.
Londonliklar afrikalik hujumchining otasidan Per-Emerik bilan muzokaralar jarayonida foydalanmoqchi. “Arsenal” qator grandlardan taklif olayotgan hujumchini saqlab qolishga jiddiy kirishgan.
30 yoshli Obameyang APLda 26 ta o‘yinda 17 ta gol urdi.
Fikrlar