
"Arsenal" katta transferga hozirlir ko‘rmoqda
Uilfrid Zaha "Kristal Pelas" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas va Angliyaning grand jamoalaridan biriga o‘tishni xohlamoqda, deya xabar bermoqda "Daily Mail" nashri.
"Arsenal" esa futbolchiga asosiy da’vogarlar qatorida bormoqda. Bu transfer kelasi yilning yozida amalga oshadi.
"Kanonirlar" oldin ham Zahani sotib olishga harakat qilgan. Ammo klublar o‘rtasida kelishuv amalga oshmagandi.
29 yoshli futbolchi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 9 ta o‘yinda 5 ta gol va 1 ta asisst amalga oshirdi.
Fikrlar