"Arsenal" hujumchisi yangi mavsumni A Seriya grandi safida boshlashi mumkin

  • 10 aprel, 2023, 10:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni vaqtda Frantsiyaning “Reyms” klubida ijara asosida o‘ynayotgan “Arsenal” hujumchisi Folarin Balogan yangi mavsumni Italiya chempionatida boshlashi mumkin. Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 21 yoshli angliyalik futbolchiga "Milan" qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, forvardning ehtimoliy transferi taxminan 30 million evroni tashkil qiladi. Uning "Reyms" bilan ijara shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Folarin joriy mavsum Frantsiya chempionatining joriy mavsumida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol (5 tasi penaltidan) va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!