
"Arsenal" bosh murabbiyi kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Uotford"ga qarshi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, Arteta jamoa o‘sishga erishayotganini ta’kidladi.
"Uotford" - yaxshi jamoa ekanini isbotlay oldi. Ularni mag‘lub etish oson bo‘lgani yo‘q.
"Arsenal" haqida gapiradigan bo‘lsam, biz rivojlanib borayotganimizni his qilyapman. Futbolchilar bir-birini tushunib harakat qilmoqda. Bu quvonarli holat.
Kecha 3 ta gol urdik. Bundan ham ko‘p gol kiritishimiz mumkin edi. Biroq himoyamiz borasida hali qilinadigan ishlar etarlicha", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar