
"Arsenal" bir nechta futbolchilaridan voz kechmoqchi
"Arsenal" tarkibdagi bir qator futbolchilardan qutilmoqchi. Ular jarohat va turli xil sabablarga ko‘ra jamoaga yordam bera olmayapti. Bu haqda "The Sun" nashri ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta Aleksandr Zinchenko, Kiran Tirni, Tomas Parti, Jorjino va ijara olingan Neto bilan birga, Raxim Sterlingning xizmatlaridan foydalanmoqchi emas. Klub rahbariyati nomi tilgan olingan futbolchilarni yozgi transferlar oynasida sotishni maqsad qilgan. "To‘pchilar" ularning sotuvidan tushgan mablag‘larni yangi hujumchilarni jamoaga jalb qilish uchun sarflamoqchi.
Ma’lumot uchun, "kanonirlar" APLning turnir javdalida 50 ochko jamg‘argan xolda, 2 o‘rinda bormoqda. Ular keyingi turda "Lester Siti" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar