
Arne Slot “Barsa” yulduzini “Liverpul”ga olib kelib, uni yangi darajaga ko‘tarmoqchi
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot “Barselona” yarim himoyachisi Gavi faoliyatini aynan uning qo‘l ostida davom ettirishini istayapti.
El Nacional nashrining yozishicha, Kataloniya klubiga murojaat qilib, 20 yoshli o‘yinchining transfer ma’lumotlarini so‘ragan.
Arne Slot Gavi uning qo‘l ostida yuqori sport formasiga chiqishiga ishonmoqda. Gavining o‘zi “Barsalona”da asosiy tarkibga kira olmayapti va o‘yinida pasayish kuzatilmoqda.
Gavi joriy mavsumda Xans-Diter Flik murabbiyligida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, birorta samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi. Bu holat “Liverpul”ga kelasi yoz uni transfer qilish umidini bermoqda.
Fikrlar