Argentina MTJ sardori: Bunday qiyin bahsda Evropadagi legionerlarimizning muhimligi bilindi

CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi amaldagi jahon chempioni Argentina MTJ bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bahs Lotin Amerikasi vakillarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Uchrashuvdan keyin Argentina terma jamoasi sardori Maksimiliano Resia o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Bugungi o‘yin kutganimizdan ham qiyin bo‘ldi. Futzal nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Osiyoda rivojlanmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi bizga juda qiziqarli raqib bo‘lib tuyuldi. Ushbu o‘yinga Evropada harakat qilayotgan legionerlarimizni ham jalb qilgandik. Bunday qiyin bellashuvda ular biz uchun naqadar muhimligi ma’lum bo‘ldi.

Uzoq vaqt mobaynida maydonda harakat qila olmaganimiz jismoniy kurashlarda yaqqol sezildi. Lekin biz o‘z o‘yinimizni yo‘lga qo‘ygan holda, eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini ko‘rsatdik. Bugungi raqibga qarshi yarim kuch bilan harakat qildik, deya olmayman. ".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!