Arbeloa "Real"dagi kelajagiga izoh berdi
- 16-апрел, 14:19
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya"ga (umumiy hisob — 4:6) mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etganidan keyin klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
— Bu lavozimni egallaganimdan beri murabbiy sifatida o‘z darajamni kimgadir isbotlashni maqsad qilmaganman.
Men hech qachon o‘yinlarni aynan qarorlarim bilan yutishni istamagman, asosiy maqsadim maydondagi futbolchilarga yordam berish bo‘lgan.
Biz Vensan Kompani boshqarayotgan "Bavariya", Pep Gvardiola qo‘l ostidagi "Manchester Siti", Diego Simeone rahbarligidagi "Atletiko" kabi ko‘plab kuchli jamoalarga qarshi o‘ynadik.
Menimcha, Evropadagi aksariyat jamoalar o‘z murabbiyining uslubini aks ettiradi. Mening ta’sirim jamoamda qay darajada ko‘ringani yoki buning ulushi qancha bo‘lganini aniq bilmayman.
Ehtimol, bu men yuqorida misol keltirgan jamoalarga nisbatan ancha kamroqdir. Balki bu ta’sir men "Kastilya"da ishlagan paytdagidan ham pastroq bo‘lgandir.
Men har doim klubga qo‘limdan kelgancha yordam berishga harakat qilganman va bu oxirigacha shunday davom etadi, — dedi Arbeloa.