Arab diyorida Ronalduga oson bo‘lmaydi

  • 9 dekabr, 2022, 11:57
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi sobiq bosh murabbiyi Raul Kaneda ushbu mamlakat futbol ligasining saviyasini yuqori darajada baholadi va Krishtianu Ronaldu mahalliy klubga o‘tsa, unga oson bo‘lmasligini aytdi.

Tecno

"Ronaldu raqobat bo‘lmagan ligaga o‘tmaydi, chunki uning mentaliteti raqobat va kurashuvchanlikka o‘ch. Saudiya Arabistoni chempionatida raqobat kuchli, mahalliy yigitlar Krishga bosim o‘tkazishadi va har bir uchrashuvda maksimal tarzda natijani talab qilishadi. Bu er nafaqaga chiqmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallanmagan", - deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca.

Kaneda Ispaniyada ko‘pchilik Saudiya Arabistonidagi futboldan bexabar ekanliklarini qo‘shimcha qildi. "Al-Nasr" esa Osiyoning eng yirik klublaridan biri bo‘lib, uzoq tarixga ega va sifatli o‘yinchilardan tashkil topgan.

Avvalroq matbuotda Portugaliya terma jamoasining 37 yoshli yulduzi o‘z faoliyatini Ar-Riyodning "Al-Nasr" klubida davom ettirishi haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan edi. Ammo keyinroq xabar qilinishicha, bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati vaqtida Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini tugatgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!