
APLning uch grandi xorvatiyalik himoyachiga ko‘z tikdi
"Leyptsig" tarkibida to‘p surayotgan xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiolga Angliya premer-ligasining top-klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.
"Futbol London" nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga "Liverpul", "Manchester Siti" va Londonning "Chelsi" klublari da’vogarlik qilmoqda. Bu uch nomzod yozgi transfer oynasida Gvardiolni qo‘lga kiritish uchun kurashadi.
"Transfermarkt" portali 21 yoshli futbolchini 75 million evroga baholamoqda. Xorvatiya terma jamoasi a’zosining nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Mal’umot uchun, Yoshko joriy mavsum Bundesligada 21 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar