
APL. "Manchester Siti" "Lester"ni ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi
APL 31-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Lester" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvda Erling Xoland dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Jon Stounz ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona goli Ixeanacho tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "shaharliklar" ochkolari sonini 70 taga etkazib olgan holda, peshqadam "Arsenal" bilan farqni 3 ochkogacha qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 25 ochkosi bor 19-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar