
APL. "Liverpul" so‘nggi daqiqalarda gollar urib, 3 ochkoni ilib ketdi
Angliya Premer-ligasining 22-turidan o‘rin olgan bir nechta bahslar o‘z nihoyasiga etdi.
Arne Slot boshchiligidagi "Liverpul" so‘nggi daqiqalarda gollar kiritib, "Brentford" ustidan zafar quchdi (0:2). O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+1 va 90+3 daqiqalarda Darvin Nunes dubl qayd etib, mersesaydliklarning g‘alabasini ta’minladi.
"Lester" esa "Fulxem"ga 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvning 48-daqiqasida Smit Rou darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 68-daqiqada Adama Traore ikkinchi golni kiritdi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum

Leicester City
Tugadi
0
:
2
18.01.2025 20:00

Fulhem
- Emile Smith Rowe 48'
- Adama Traoré 68'
Fikrlar