
APL grandi "Barselona" futbolchisi uchun 75 million safrlamoqchi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya chempionatini tark etib, Angliya Premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. 27 yoshli futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.
TodoFichajes portalining ma’lumotiga ko‘ra, "kanonirlar" niderlandiyalik futbolchi uchun 75 million evro taklif qilmoqda. Bitim yozgi transfer oynasida amalga oshirilishi mumkin.
De Yong 2019 yilning yozidan beri "ko‘k-anorranglilar" safida to‘p surib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyining oxiriga qadar davom etadi.
Joriy La Liga mavsumida yarim himoyachi "Barselona" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar