
APL 1-tur o‘yinlari Jota xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Angliya Premer-ligasi-2025/2026 yilgi mavsumi startidagi o‘yinlar "Liverpul"ning vafot etgan futbolchisi Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Bu haqda Britaniyaning BBC onlayn nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, APLning 1-tur uchrashuvlarida ham futbolchilar qora rangli eng bog‘ichlarini taqishadi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi Ispaniyada ukasi bilan birga vafot etdi. Fojiali voqea 3 iyul kuni sodir bo‘lgan. Jota "Liverpul" safida 2020 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
"Qizillar" safida portugaliyalik qanot hujumchisi Angliya Premer-ligasi va ichki kuboklarda g‘olib chiqdi. Portugaliya terma jamoasi bilan Jota UEFA Millatlar ligasi g‘olibiga aylangan edi.
Fikrlar