
Antonio Konte 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyaning 19-turidan o‘rin olgan "Udineze"ga (0:0) qarshi o‘yinda hakamga e’tiroz bildirgani uchun jazolandi.
Uchrashuvning 91-daqiqasida 51 yoshli mutaxassis hakam bilan janjallashgani uchun zaxira o‘rindig‘idan chetlashtirildi. Shundan so‘ng, Konte tinchlanmadi va hakamlar hay’ati bilan tribuna ostidagi xonada ham bahslashishda davom etdi.
Bunday xatti-harakati uchun federatsiya uni ikki o‘yinlik diskvalifikatsiya bilan jazoladi va 20 ming evro miqdorida jarima to‘lashga majbur qildi.
“Inter” 19 turdan so‘ng 41 ochko jamg‘argan holda A Seriya musobaqa jadvalida hamshahari “Milan”dan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar