
Anna Blinkova turnir bilan xayrlashdi
Rossiyalik tennischi Anna Blinkova Xitoyda o‘tayotgan "Shenzhen Open" turnirining ikkinchi davrasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Anna ushbu bosqichda qozog‘istonlik Zarina Diyasga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 1:6, 7:6, 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Endi Zarina yarim final ostonasida ispaniyalik Garbin Mugurusa bilan kuch sinashadi.
Fikrlar