
Angliya kubogi. "Liverpul" "Siti"ni mag‘lub etib, kubok finaliga yo‘l oldi
Angliya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda mehmonlar 3:2 hisobida zafar quchdi.
"Qizillar" safida Ibraima Konate va Sadio Mane (dubl) o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. "Shaharliklar"ning ikki goliga Jek Grilish va Bernardu Silva mualliflik qildi.
Shu tariqa, Klopp shogirdlari Angliya kubogi finaliga yo‘l oldi. Mersisaydliklar finalda "Chelsi" - "Kristal Pelas" o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar