Angliya futbolida yo‘qotish. Iste’dodli o‘yinchi uchrashuv vaqtida jon berdi

  • 16 dekabr, 2024, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbolida qayg‘uli holat yuz berdi. “Uoltxemstou” jamoasining 17 yoshli iste’dodli futbolchisi Kaylen Dennis Londondagi uchrashuv vaqtida jon berdi.

Tecno

Shifokorlar o‘yin payti hushini yo‘qotib, maydonga qulagan o‘yinchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatishga urindi, biroq ularning sa’y-harakatlari samarasiz ketdi.

Aniqlanishicha, Dennis yurak xuruji oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.  

Mutaxassislar Dennisning o‘ta noyob qobiliyatga ega kelajagi porloq futbolchi sifatida ta’riflab kelardi.

Yuz bergan voqeaga Kaylen Dennis tarbiyalangan “Rayan” bolalar futbol jamoasi vakillari ham munosabat bildirdi.

- Kaylenning vafot etganidan shokka tushdik. U 13 yoshida jamoamizga kelgan edi. Oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, - deyiladi klub bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!