
Andrey Kanchelskis nega "Navbahor"dan iste’foga chiqarilganini aytdi
Andrey Kanchelskis “Navbahor” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganidan xabaringiz bor. Rossiyalik mutaxassis nega iste’foga chiqarilgani va kelajak rejalari haqida gapirib o‘tdi.
“Shartnomam bo‘yicha agar biz peshqadam “Paxtakor”ga musobaqa jadvalida raqobat qila olmasak, klub men bilan kelishuvni bekor qilish huquqiga ega edi. Meni bu borada hech qanday e’tirozim yo‘q, hammasi erkakcha bo‘ldi.
Biz “Navbahor”da haqiqiy jamoani shakllantirdik, chiroyli futbol ko‘rsatdik, ayrim futbolchilarimiz xatto terma jamoaga chaqirildi. Muxlislar ham bizdan xursand bo‘lishdi.
Hozir jamoadan ketganimdan so‘ng menga bir qator takliflar bo‘lmoqda va bu borada muzokaralar o‘tkazilmoqda. Agar rus klublaridan takliflar bo‘lsa, uni albatta ko‘rib chiqaman. Biroq, hozir ular yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Shunday ekan hammasini vaqt ko‘rsatadi”, - deydi Kanchelskis.
Eslatib o‘tamiz, Kanchelskis "Navbahor"ni 2018 yilning kuzidan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Manbaa: SPORTS.uz
Fikrlar
Навбахор мухлиси.