
Andrey Kanchelskis: "Navbahor" zaxira o‘rindig‘i juda ham "tor"
"Bugun muhim o‘yin bo‘ldi, ammo imkoniyatni boy berdik. Bugun oltin ochkolarni qo‘lga kiritishimiz mumkin edi. "Paxtakor" klubining zaxira o‘rindig‘i yuqori saviyadagi futbolchilardan tashkil topgan. Bizda esa tanlov imkoniyati biroz kamroq. Qolaversa, bir qator futbolchilar jarohat bois jamoamizga yordam bera olmayapti. Masalan, Azim Ahmedov. Uchrashuv davomida muxlislar futbolchi amlashtirishni so‘rashdi. Ammo kimni almashtiraman? Zaxira o‘rindig‘imiz tor.
Futbolchilarim bugungi bahsga jismoniy, funktsional va psixologik jihatdan tayyor emas edi va bu mag‘lubiyatimizning asosiy sababidir. Keyingi bahslarda yaxshi o‘yin namoyish etish uchun ko‘p ter to‘kishimizga to‘g‘ri keladi. Shundagina muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin", - dedi rossiyalik mutaxassis.
Fikrlar