"Andijon"ning yirik hisobdagi mag‘lubiyatiga Otabek G‘ulomxo‘jaev qanday izoh berdi?

  • 24 noyabr, 2020, 18:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK va “Andijon” (4:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar ustozi Otabek G‘ulomxo‘jaev yirik hisobdagi mag‘lubiyatning sababini quyidagicha izohladi:

Tecno

- Har bir jamoa maydonga g‘alaba uchun tushadi. Barcha rejalarimizni AGMKning standart vaziyatlari o‘zgartirib yubordi. Deyarli 10 daqiqa ichida uchta gol o‘tkazib yubordik. Shundan so‘ng futbolchilarimizda ishtiyoq sezilmay qoldi. Ikkinchi bo‘limda maydonga hisobni tenglashtirish uchun tushgandik, ammo o‘xshamadi.

Bizining vazifamiz jamoani maksimal darajada Superligada olib qolish. O‘tgan safar ham aytib o‘tdim, “Andijon”ni saqlab qolish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Yigitlarni nimalarga qodirligini yaxshi bilaman. Oxirgi o‘yinlardagi raqiblarimiz chindan ham kuchli. Klubni kuchlilar orasida saqlab qolish ilinjida murabbiylar shtabi hamda futbolchilar borimizni beramiz. “Buxoro” va “Surxon”ning natijalaridan qat’i nazar biz o‘z o‘yinlarimizda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, - dedi G‘ulomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!