"Andijon"ni guruhdan chiqish imkoniyati juda baland" - Alisher Nikimbaev "Burgutlar"ning guruhi haqida yana nimalar dedi?

  • 16 avgust, 15:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha bo‘lib o‘tgan OChL 2 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimidan keyin guruhlar va raqiblar borasida turli xil fikrlar yangrashi tabiiy hol. U erda Osiyo futboli jamoatchiligi vakillari to‘plangan bo‘lib, Qatar futbol assotsiatsiyasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hamyurtimiz, tajrbali mutaxassisi Alisher Nikimbaev ham bor edi.

Tecno

Bilasiz, “Andijon”ning guruhida Qatar vakili “Al-Ahli” ham bor. Nikimbaev esa nafaqat ushbu klubni, balki boshqa jamoalarni ham yaxshi biladi. Qolaversa, “Andijon”ni ham kuzatib keladi.

Shu maqsadda klub matbuot kotibi qur’adan so‘ng Kuala-Lumpurdagi “Interkontinental” mehmonxonasida Nikimbaev bilan suhbatda bo‘ldi.

- O‘tgan yili O‘zbekiston Kubogi finalidagi g‘alaba tufayli “Andijon” OChL 2 yo‘llanmasiga ega chiqqandi. O‘sha o‘yindan sizda qanday xotiralar qolgan?

- Rostini aytsam, o‘sha o‘yinni to‘liq ko‘rmaganman. Lekin oxirgi qo‘shimcha daqiqalarni ko‘rganman. O‘shanda kanalimda “Andijon”ni irodali g‘alaba qozonganini va menga yoqqanini yozganman. Chunki oxirigacha kurash olib borgan. Hattoki, ba’zida endi penaltilar seriyasiga o‘tamiz deyilganda “Andijon” oxirigacha kurashgan. Bunday paytda so‘nggi daqiqalarda o‘z darvozasidan gol o‘tkazishi ham hech gap emas. Biroq “Andijon” qo‘rqmasdan hujumlar uyushtirgan va oxirida g‘alaba qozongan. Mana, shuning evaziga “Andijon” birinchi marta rasmiy xalqaro turnirlarda qatnashadi.

Guruhdagi raqiblar haqida gapirsak, o‘zi bu turnirda oson raqiblar yo‘q. Kimdir Turkmaniston klubini yoki Bahrayn jamoasini mensimasligi mumkin. Lekin “Arkadag”ni ham, “Al-Xaldiya”ni ham hurmat qilish kerak. Masalan, men o‘tgan yili “Al-Xaldiya”ning o‘yiniga OFK komissari sifatida borganman. Bir narsani aytishim mumkinki, “Al-Xaldiya” bilan o‘ynash oson bo‘lmaydi. Shuning uchun tayyorgarlik ko‘rish kerak. “Al-Ahli” Qatar chempionati jamoasi va men ularni yaxshiroq bilishim mumkin. Osiyo maydonlarida ishtirok etganiga ancha bo‘ldi, deyarli birinchi marta qatnashyapti, deyish mumkin. Chunki o‘shandan keyin bir nechta avlod o‘tib ketdi. Qatarda shunday klublar borki, bir yil qandaydir natijalar ko‘rsatib, keyin pastlab ketishlari ham mumkin. Menimcha, guruhdagi to‘rtta jamoa ham deyarli teng kuchga ega. O‘zingiz bilasiz, “Arkadag” o‘tgan yili ham OChL 2 da qatnashishi kerak edi. Ammo ular o‘zlari “Chaqiriq Kubogi”da qatnashib, turnirni yutib yana OChL 2 ga qaytishdi. Muammo shunda bo‘lishi mumkinki, guruhdagi oxirgi tur o‘yinlari dekabr oyi oxirlarida bo‘ladi. “Andijon” ungacha 2-3 hafta o‘yin amaliyotisiz qoladi. Shu haqida o‘ylash kerak. Lekin “Andijon” jamoasini guruhdan chiqishga imkoniyati juda baland. Albatta, keyingi bosqichga chiqishi kerak. Maksim Shatskix jamoasining oxirgi bir-ikki oydagi o‘yinlarini ko‘rdikki, o‘yin o‘zgaryapti. OChL 2 ning birinchi o‘yinigacha yana bir oy bor. Jamoa ishlashda davom etsa, natijaga erishsa bo‘ladi.

- Demak, fikringizga “V” guruhida favorit yoki autsayder yo‘q?!

- Menimcha, yo‘q. Balki kimdir “Al-Ahli” deb o‘ylayotgan bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, ularning tarkibida Yulian Draksler kabi o‘yinchilari bor. Ammo u ham yosh emas va oldingi darajasida emas. Kimdir Turkmaniston yoki Bahrayn klublarini mensimasligi mumkin. Men uchun to‘rtta jamoa deyarli teng.

- “Andijon”ni ustun taraflaridan biri uning muxlislari va bu alohida mavzu...

- O‘tgan yili Andijonda futzal bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida bo‘lganman. O‘shanda jamoa muxlislarini o‘zim ko‘rganman. Boshqa o‘yinlarda televizorda bo‘lsa ham qanday ishqibozlik qilishini kuzatganman. Olimpiadaga borishgan. Terma jamoa bilan Abu-Dabiga borishgan. Muxlislar jamoaga qo‘shimcha kuch beradi. Umid qilamanki, fan-klub nafaqat uyidagi, balki safar uchrashuvlariga ham borishadi. Jamoa uchun qo‘shimcha kuch-quvvat va yordam bo‘lishi lozim. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!