"Andijon"ga 10 ta futbolchi keldi va 10 ta futbolchi ketdi

  • 17 fevral, 2023, 01:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, 15 fevral kuni yurtimizda transfer oynasi yopildi. Ushbu sanaga qadar jamoa tomonidan selektsiya jarayonida bir qator futbolchilar bilan shartnomalar imzolandi.

Tecno

Farhod Bekmurodov, Sardor Azimov, Sardor Abdunabiev, Igor Litovka, Nodari Kavtaradze, Levan Arveladze, Axtam Nazarov, Dilshod Komilov, Bobur Farhodov hamda Rubin Xebay jamoamiz a’zolariga aylandilar.

Shuningdek, o‘tgan yilgi tarkibdan “Andijon” bilan xayrlashgan o‘yinchilar bo‘ldi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jumladan, klubga “Mavsum-2023” uchun Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritilishida yaqindan yordam bergan Xurshid Xo‘jaev, Zafar Polvonov, Ibrohim Muxtorov, Azamat Isroilov, Ahror Inoyatov, Bobur Davlatov, Goron Miloyko, Bogdan Milich, Malikshoh Rasulov va Ahmad Anvarov yangi mavsumni boshqa klublarda o‘tkazishadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!