
"Andijon" chernogoriyalik himoyachini olib keldi
"Andijon" klubi o‘z tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida chernogoriyalik himoyachi Miomir Jurichkovich bilan shartnoma imzoladi.
Klubning rasmiy xabariga ko‘ra, ushbu futbolchi 1997 yilning 26 iyul sanasida Podgoritsada tavallud topgan. Faoliyati davomida Frantsiyaning “Sholet”, Chernogoriyaning “Rudar”, “Iskra”, “OFK”, “Buduchnost Podgoritsa” hamda Bosniya va Gertsegovinaning “Saraevo” klublarida to‘p surgan.
Futbolchi 2023 yilning 4 sentyabr kuni aynan “Saraevo” klubiga o‘tgan va shu kungacha uning oxirgi klubi hisoblanadi.
Jurichkovich faoliyati mobaynida jami 252 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 tadan gol urgan va golli pasni uzatgan.
Shuningdek, u “Buduchnost Podgoritsa” ikki martadan chempionlik hamda Kubokni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha "Burgutlar" ikki himoyachisi - Ildar Mamatkazin va Vladimir Bubanya bilan xayrlashganini e’lon qilgandi. Jurichkovich esa ularning o‘rnini bosish uchun taklif qilindi.
Fikrlar