
Anchelottining fikri o‘zgardi, U Braziliyaga bormaydi
“Real”ni boshqarayotgan Karlot Anchelotti madridliklar bilan hamkorlikni muddatidan oldin yakunlashi hal bo‘lgan masala hisoblanadi.
Joriy mavsumdagi natijalardan keyin italiyalik mutaxassis shartnomada belgilanganidek 2026 yilning 30 iyuniga qadar Madridda qola olmaydi.
Bu vaziyatdan Braziliya futbol konfederatsiyasi unumli foydalanishga urinib ko‘rdi. Braziliyaliklar 65 yoshli mutaxassisni terma jamoani qabul qilib, eng katta maosh oladigan murabbiyga aylanigni taklif qildi.
Marca nashrining yozishicha, Karlo Anelotti London shahrida Braziliya futbol konfederatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashgan. Muzokara davomida italiyalik murabbiy taklifni qabul qilmagan va bitim imzolashdan bosh tortgan.
Manbaga ko‘ra, Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges bilan bog‘lanib, unga bo‘lgan qiziqish uchun minnatdorlik bildirgan va kelajagi borasida rejalari boshqacha ekanini ma’lum qilgan.
Rejaga ko‘ra, Karlo Anchelotti 15 iyunda boshlanadigan va bir oy davom etadigan yangi formatdagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin “Real”dagi bosh murabbiyligini topshiradi.
Fikrlar