
Anchelotti: Shu ikki yulduz hafsalamni pir qildi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsumda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan yarim himoyachi Lukas Vaskes va himoyachi Ferlan Mendining harakatlariga e’tiroz bildira boshladi.
Asosiy tarkibda o‘ndan ziyod uchrashuvda ishtirok etgan har ikki o‘yinchi bu mavsum o‘zining yuqori sport formasiga ko‘tarila olmayapti. Bu futbolchilar maydonda jamoaga etarlicha samara keltira olmayapti.
Anchelotti yozda katta ishonch bilan olib qolgan Ferland Mendi ichki raqobatda Fran Garsiyaga imkoniyatni boy beryapti.
Lukas Vaskes avvalgi mavsumlarda ko‘rsatgan o‘yinini namoyil qila olmayapti. O‘ng qanot o‘yinchisi Daniel Karvaxal jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani uchun Anchelotti Vaskesni uning o‘rnida o‘ynatayotgan edi. Biroq bu kutilgan natijani bermadi va endi italiyalik mutaxassis bu pozitsiyaga Federiko Valverdeni qo‘ya boshladi.
Anchelottining Mendi va Vaskesdan hafsalasi bir pir bo‘ldi. Bu klub ularni tez orada boshqa klubga o‘tkazib yuborishi bilan yakunlanishi mumkin.
Fikrlar