Anchelotti "Real"ga APLdan zo‘r futbolchi olib kelmoqchi

  • 29 yanvar, 2023, 20:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jurnalist Janluka Di Martsioning yozishicha, "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays o‘zining o‘yini bilan "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining e’tiborini tortgan. 

Tecno

Jurnalist "SoccerNews.nl" bilan bo‘lgan suhbatda, Anchelotti ingliz ko‘rsatayotgan o‘yindan mamnun ekanligini aytgan. Mutaxassis futbolchini "qirollik klubi"ga taklif qilmoqchi. 

Avvalroq, Rays xizmatiga "Arsenal" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. U joriy mavsum "bolg‘achilar" tarkibida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va 3 golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!