
Anchelotti Iskoning "Everton"ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real" yarim himoyachisi Iskoning “irischilar” safiga o‘tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
“Iskoning transferi ustida men ishlamayapman. Bu yolg‘on. Biz hali rahbariyat bilan qishki transferlar masalasini ham muhokama qilmadik. Shunday ekan, bu mish-mishlar shunchaki bema’nilik”, - dedi italiyalik mutaxassis.
28 yoshli Isko joriy mavsum “Real” safida jami 6 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar