
Anchelotti bu ishni uddalagan birinchi murabbiy!
“Real” UEFA Chempionlar ligasining chorak final dastlabki uchrashuvida amaldagi chempion “Manchester Siti” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti nomini tarixga muhrladi.
Bu bahs italiyalik mutaxassis uchun Evropaning eng nufuzli turniridagi 200-o‘yin bo‘ldi.
Hali biror mutaxassis Chempionlar ligasida 200 ta uchrashuvda murabbiylik qilmagan.
Anchelottidan keyingi o‘rinlarni ikki afsonaviy murabbiy – ser Aleks Fergyuson (“Manchester Yunayted”, 190 ta o‘yin) va Arsen Venger (“Arsenal”, 178 ta o‘yin) egallab turibdi. Bu mutaxassislar nafaqaga chiqib ketganiga ancha bo‘lgan.
Faoliyatini davom ettirayotganlar orasida Anchelottidan keyingi o‘rinni “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola egallab turibdi. Ispaniyalik mutaxassis hisobida Chempionlar ligasining 168 ta uchrashuvi bor.
Fikrlar