
Ana xolos! Terma jamoamiz posboni "Zenit"ga o‘tishi mumkin
"Navbahor" jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov legionerga aylanishi mumkin. SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevga ma’lum bo‘lishicha, ayni damda Rossiyaning "Zenit" klubi vakillari Toshkentda bo‘lib turibdi.
Ular O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan. "Lochinlar" posboni qishki transfer oynasi yopilguniga qadar jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Tez orada shartnoma bandlari ko‘rib chiqiladi. Transfer summasi borasida aniq ma’lumot yo‘q. Ammo Namangan klubi o‘z posbonini 1 million dollardan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar