
Ana xolos! Rossiya terma jamoasi Jahon chempionatiga hech qanday pley-off o‘yinlarisiz yo‘l olishi mumkin
Rossiya futbol ittifoqi vitse-prezidenti Denis Solovev Polsha va Shvetsiya terma jamoalarining JCh-2022 saralash pley-off bosqichida Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynashdan bosh tortgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Ayni damda FIFAning 24 fevraldagi bayonotidan tashqari hech qanday rasmiy pozitsiyasi yo‘q. Qolgan hamma narsa folbinlikdir. Men reglament borligidan kelib chiqib aytmoqchimanki, agar kimdir o‘ynashdan bosh tortsa bo‘lsa, unga texnik mag‘lubiyat hisoblanishi kerak. Agar shvedlar ham rad javobini berib, reglamentga rioya qilsalar, jahon chempionatiga mana shunday boramiz.
Bugungi kunda hech narsa aniq emas, shuning uchun men folbinlik bilan shug‘ullanmaslikni va xayolparastlikka berilmaslikni taklif qilaman. Reglament bor, bunga mas’ul bo‘lgan muayyan tashkilotlarning rasmiy pozitsiyasi bor”, - dedi Solovev.
Fikrlar