Ana xolos: Lamin Yamal Ispaniya termasi tark etdi

  • 13 oktabr, 2024, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi doirasida 15 oktyabr kuni Serbiya futbolchilariga qarshi maydonga tushishi kerak.

Tecno

Daniya terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan avvalgi turda ispaniyaliklar 17 yoshli futbolchisi Lamin Yamal maydonni oqsoqlangan holda tark etgan edi. “Barselona” rahbariyati Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasiga o‘z futbolchini klub ixtiyoriga qo‘yib yuborishni so‘rashadi.

Federatsiya kataloniyaliklarning talabini qondirdi.

Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi Lamin Yamalning klub ixtiyoriga qaytganini rasman tasdiqladi.

Bunga o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida yosh o‘yinchining mushaklariga ortiqcha yuklamalar ta’sir qilgani aniqlangan va rahbariyati Laminga dam berish maqsadida uni xalqaro uchrashuvga jalb qilmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!