Ana xolos! 124 yil avval bo‘lib o‘tgan Parij Olimpiadasining natijalari qayta ko‘rib chiqildi

  • 19 iyun, 2024, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Parijdagi 1900 yilgi Olimpiya o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tgan 25 kilometrlik velopoyga protokoli tafsilotlarini qayta ko‘rib chiqdi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Tecno

Bu qaror Shveytsariyaning Lozanna shahrida bo‘lib o‘tayotgan XOQ ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishining ikkinchi kunida qabul qilindi.

Velopoygada Lloyd Gildebrand qo‘lga kiritgan kumush medal Buyuk Britaniyaga emas, Frantsiyaga berildi. XOQ xulosasiga ko‘ra, Gildebrand Britaniya fuqarosi bo‘lsa-da, u Frantsiyada tug‘ilib o‘sgan va 1900 yilda Parijdagi Olimpiya o‘yinlaridan oldin va keyin frantsuz klubida o‘ynagan.

Qayd etish lozimki, Frantsiya terma jamoasi 1900 yilgi o‘yinlarda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan. Velopoyga natijalari qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng Frantsiya terma jamoasi hisobidagi medallar soni 103 taga etdi (27 oltin, 39 kumush va 37 bronza). Britaniya terma jamoasi esa 15 ta oltin, 7 ta kumush va 9 ta bronza medali bilan Parij Olimpiadasida umumjama hisobida uchinchi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!