
Amorim “Manchester Yunayted” futbolchilari ishonchini yo‘qotdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaga portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorimni olib kelgani bilan vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargani yo‘q.
Bu mutaxassis qo‘llayotgan o‘yin uslubi hech qanday samara bermayapti va jamoa musobaqa jadvalida xavfli hududga yaqinlashib qoldi.
Daily Mail nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted”ning ayrim futbolchilari Ruben Amorimning bosh murabbiylikdagi qobiliyatiga ishonmay qo‘ydi.
Futbolchilar “Manchester Yunayted” g‘alaba qozongan o‘yinlarda ijobiy natija omad yoki ayrim o‘yinchilarning mahorati evaziga qayd etilmoqda va bunga Amorim qo‘llayotgan o‘yin uslubining hech qanday daxli yo‘q, deb hisoblayapti.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” mutasaddilari Portugaliya chempionatida “Sporting”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Ruben Amorimni 2024 yilning noyabrida bosh murabbiylikka olib kelgan edi.
Fikrlar