Aleksandr Xomyakov: "Jamoa o‘z yo‘liga tushib boryapti"

  • 16 fevral, 2023, 10:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” 15 fevral kuni ikkita uchrashuv o‘tkazdi va bu jamoaning oxirgi nazorat o‘yinlari edi.

Tecno

Eng so‘nggisini Moldavaning “Petrokub” klubiga qarshi qarshi o‘tkazdi va unda ham hisob ochilmadi.

Mazkur bellashuvdan so‘ng “Andijon” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov quyidagilarni aytdi:

“Antaliyadagi yig‘inimiz yakunlandi. Eng muhimi jarohatlarsiz tugatdik. Umumiy olganda, to‘la qoniqdim. Tashkilotchilik ham yaxshi kechdi. Barcha talablarimiz bajarildi.

Jamoaning funktsional holatini tekshirib oldik. Nazorat o‘yinlari orqali asta-sekin jamoa o‘z yo‘liga tushib bormoqda. Yigitlar qanday o‘ynashimiz kerakligini tushunishmoqda.

Umuman, bugungi holatdan qoniqish hosil qildim. Ha, biz ikkila o‘yinda ham gol ura olmadik. Lekin kelajagimizdagi ishlarimiz yaxshi bo‘ladi, albatta”.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
16/02/2023 13:47
Хомяков жаноблари ширин газдан (S,GS) y'рнак олинглар Дания жамоасини 2-1 Германия жамоасини 4-2 маглуб этди видио тасвирлари х,ам аник, ва тиник, ку'рсатилди сизларни жамоанглар мана нечта у'йиндан бери гол уралмаяпди Видио тасвирчиларингни билмайман ку'чада бекор юрганни тутволиб одам ку'пайсинга Туркия олиб борибсизлар тасвир шундок, х,ам ёмонки на товуши бу'лсин на одам билан ту'пни фарк,и бу'лсин у видинглани ку'риб томоша к,илиб бу'лмайди хафа бу'лманглар АНДИЖОН жамоаси х,али супер лигага тайёр эмас ку'ринади