
Aleksandr Gleb: Ronaldino va Deku "Barselona" mashg‘ulotlariga mast holda kelishardi
"Barselona" klubi sobiq futbochisi Aleksandr Gleb kataloniyaliklar safiga kelgan ilk kunlarni esladi.
“Ispaniyaga kelganimda ma’lum muddat Anri bilan birga yashaganman. U menga ma’qul joy topilmagunicha shu erda yashashim mumkinligini aytgan. Ochig‘i, dastlab “Barselona”ga o‘tishni xohlamaganman. Umuman! Ichki hissiyotlarim buni istamagan. Men “Bavariya”ga o‘tishni yoki “Arsenal”da qolishni xohlaganman. Keyin esa agentlar qo‘ng‘iroq qila boshlashdi, Gvardiola...
Xatto Anri ham “Barsa”ga o‘tganidan afsuslangan. Chunki, Angliyadan so‘ng bu erda barchasi butkul boshqacha edi. Masalan, Ronaldino va Deku mashg‘ulotlarga mast holda kelishardi. Rahbariyat Messini ham yomon yo‘lga boshlashlari mumkinligidan havotirlanib, ularni 2008 yilda sotib yubordi”, - deydi belaruslik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Gleb “Barselona” safida 2008-2011 yillarda to‘p surgan.
Fikrlar