Alba "Barselona"dan ketishi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi

  • 3 iyun, 2021, 11:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qanot himoyachisi Xordi Alba "Barselona"dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Tecno

Aytish kerakki, yaqinda OAVda 32 yoshli futbolchiga "Atletiko"dan qiziqish borligi haqida turli xabarlar tarqaldi.

“Men “Barselona”da shartnomam tugagunicha o‘ynash niyatidaman. Faoliyatim oxiriga qadar ushbu klubda qolishni istayman", -  dedi Alba.

Albaning “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha imzolangan. U “Barsa” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Xordi Alba ortda qolgan 2020/2021 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatida 35 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!