Alam qilsin: “Barselona” “Real”ni dog‘da qoldirdi!

  • 26 sentabr, 2024, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ispaniya chempionatining ettinchi turida “Xetafe” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, ketma-ket ettinchi yutug‘ini nishonladi.

Tecno

Robert Levandovski kiritgan gol kataloniyaliklar uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Bu “Barselona”ning Ispaniya chempionatlaridagi 6500 goli bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti e’lon qildi.

Tarixiy ko‘rsatkich La Ligadagi 3035 ta uchrashuvda qayd etildi va bu har bir o‘yinda o‘rtacha 2,14 ta gol bo‘lganini ko‘rsatadi.

“Barselona” birinchi bo‘lib, 6500 ta gol urgan ispan klubiga aylandi. Aslida bu rekordga “Real” juda yaqin edi. Madridliklar hisobida 6499 ta gol bor. Biroq bu marrani birinchi bo‘lib kataloniyaliklar zabt etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!