
"Al-Vahda" - "Shabab Al-Ahli" o‘yinida jangovar durang qayd etildi, legionerlarimiz esa...
BAA chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan "Al-Vahda" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi 3:3 hisobi bilan tugadi.
Dastlab, Nikolich ikkita gol bilan oldinga chiqib olgan bo‘lsa, mezbonlar 3 ta gol bilan javob qaytardi. So‘nggi daqiqalarda Dabbur hisobni tenglashtirib ketdi. Erkinov mazkur uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 68-daqiqada almashtirildi. G‘aniev esa zaxirada qoldirildi.
Shu tariqa, "Al-Vahda" va "Shabab" turnir jadvalida o‘z o‘rinlarida qolishdi.
Fikrlar