
"Al-Sadd" – "Nasaf" o‘yinini qaysi telekanaljonli efirda namoyish etadi?
Bugun Qarshining "Nasaf" jamoasi OChLdagi yurishini davom ettiradi. 4 turdan so‘ng 5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan "ajdarlar"ni "Al-Sadd"ga qarshi bellashuv kutib turibdi.
Ro‘ziqul Berdiev shogirdlariga g‘alaba juda muhim hisoblanadi. Sababi, 3 ochko 6-tur oldidan ularning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini ancha yaxshilaydi.
Ushbu o‘yinni Toshkent vaqti bilan 22:15dan boshlab jonli efirda Uzreport TV telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar