"Al-Hilol" "Liverpul" futbolchisini olib ketmoqchi

  • 3 mart, 16:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya klublari keng moliyaviy imkoniyatlardan foydalangan holda Evropadan yulduzlarni jalb qilishni davom ettirish niyatida.

"TodoFichajes" portalining xabar berishicha, "Al-Hilol" "Liverpul" yarimhimoyachisi Dominik Soboslaini nishonga olgan. Manbaga ko‘ra, "Al-Hilol" 24 yoshli Soboslai transferi uchun 120 million evro to‘lashga tayyor. "Liverpul" Soboslaini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ta’kidlanishicha, "mersisaydliklar" Saudiya Arabistonining yirik taklifini e’tiborsiz qoldirmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025 yilgi mavsumda Dominik Soboslai 36 ta o‘yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va sheriklariga oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!