"Al-Hilol" bosh murabbiyi "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan keyin nimalar dedi?

  • 12 mart, 15:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Al-Hilol" jamoasi Elit Chempionlar ligasi doirasida "Paxtakor" bilan bellashdi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin mezbonlar ustozi Jorji Jesus matbuot anjumani qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Tecno

"Avvalambor, futbolchilarimni ajoyib o‘yin va munosib g‘alaba bilan tabriklayman. Elit Chempionlar ligasi - bu mening asosiy maqsadim.

Har uch kunda o‘yin o‘tkazish futbolchilarni jarohat olish xavfini oshiradi va bu bizni tashvishga solmoqda. Men Kulibalining jarohati qanchalik jiddiyligini hali bilmayman va uning ahvolini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikni kutamiz.

O‘yinlardagi bosimni bartaraf etishda katta tajribaga egaman, ayniqsa ba’zi o‘yinchilar jarohat tufayli maydonga tushmaganda. Ammo bizga kengroq tarkib kerak.

Bu mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritishga intilamiz va bo‘lajak tanaffusda jarohat olgan futbolchilarni jismoniy holatini tiklash ustida ishlaymiz, qolgan futbolchilarga ham bir necha kun dam beramiz", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!