
"Al-Hilol" "Barselona" sobiq murabbiyini olib kelmoqchi
Ispaniyalik sobiq futbolchi va murabbiy Xavi “Al-Hilol” klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
45 yoshli mutaxassis Saudiya klubining asosiy nomzodlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Ma’lumki, “Al-Hilol” Elit Chempionlar Ligasi va ichki chempionatdagi muvoffaqiyatsizliklardan so‘ng, portugaliyalik murabbiy Jorje Jezush bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
Xavi 2024-yil iyunidan beri ishsiz. U 2021 yil noyabridan boshlab “Barselona” bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan.
Hozirda “Al-Hilol” Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 29 ta turdan so‘ng, 62 ochko to‘plab ikkinchi o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar