
"Al-Ayn" bosh murabbiyi: "Rejamiz amalga oshdi"
OChL 1-turida "Paxtakor" "Al-Ayn"ni o‘z maydonida qabul qilib, 0:3 hisobida taslim bo‘ldi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida raqiblar bosh murabbiyi Alfred Shryoder o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yinning boshidanoq ularga bosim o‘tkazib, tezkor gol urishni maqsad qilgan edik va bunga erishdik. Futbolchilarim maydonda texnik tomonlama ham ajralib turdi. O‘ylaymanki, biz haqli ravishda g‘alaba qozondik. Mashg‘ulotlarda bollarga ko‘proq gol ura olishimizni aytdim.
"Paxtakor"da ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Ayniqsa, ikkinchi taymda ular osonlik bilan gollar urib ketishi mumkin edi. Ammo natija adolatli bo‘ldi, deb o‘ylayman. "Al-Ayn" katta jamoa va hech kimdan qo‘rqmaydi", - dedi niderlandyalik mutaxassis.
Fikrlar